date

Coca-Cola tarkibi Tramp so‘rovi ortidan o‘zgarish arafasida

Coca-Cola tarkibi Tramp so‘rovi ortidan o‘zgarish arafasida
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Coca-Cola kompaniyasi unga javoban AQSHda sotiladigan ichimlik tarkibini o‘zgartirishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, kompaniya endilikda fruktozaga boy makkajo‘xori siropi o‘rniga tabiiy shakarqamishdan foydalanishi mumkin. Ammo hozircha bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

Tramp 16 iyul kuni Truth Social tarmog‘ida qilgan bayonotida ushbu yangilikni e’lon qilib, Coca-Cola rahbarlariga minnatdorlik bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu qadam faqat ijobiy natijalarni olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, Coca-Cola matbuot xizmati CNN'ga bergan izohida hozircha bunday o‘zgarish haqida rasmiy qaror qabul qilinmaganini ma’lum qildi. Kompaniya vakillari Trampning qiziqishiga munosabat bildirib, yaqin vaqtlarda yangi mahsulotlar haqida aniq ma’lumot berilishini ta’kidlashdi.

Ayni paytda AQSH bozoridagi standart Coca-Cola tarkibida fruktozali makkajo‘xori siropi ishlatiladi. Trampning bu tashabbusi esa mamlakatda sun’iy qo‘shimchalarni oziq-ovqatlardan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan kampaniyaga mos keladi.

Reuters'ning xabariga ko‘ra, AQSH sog‘liqni saqlash kotibi Robert Kennedi jo‘xori ham yuqori fruktozali mahsulotlar bolalar semizligi va umumiy salomatlik muammolariga sabab bo‘layotganini ta’kidlab, ushbu moddalarni oziq-ovqatlardan chiqarish tashabbusini boshlagan.

Shu bilan birga, tibbiyot mutaxassislari har qanday turdagi qo‘shimcha qand iste’molini cheklashni maslahat berishadi. Ilmiy jihatdan esa shakarqamish va fruktoza siropi o‘rtasida organizmga ta’siri bo‘yicha keskin farq aniqlanmagan.

Qizig‘i shundaki, Donald Trampning o‘zi parhezbop Diet Coke ishqibozi sifatida tanilgan. Hatto uning Oval ofisida ushbu ichimlikni chaqirish uchun maxsus tugma ham mavjud bo‘lgani ma’lum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Coca-Cola tarkibi Tramp so‘rovi ortidan o‘zgarish arafasida