date

Yamandagi husiylar Isroilda “nozik” nishonga zarba yo‘lladi

Yamandagi husiylar Isroilda “nozik” nishonga zarba yo‘lladi
Yamandagi “Ansor Alloh” harakati harbiy matbuot kotibi Yahyo Sariyaning ma’lum qilishicha, husiylar Isroil hududidagi muhim va himoyasi kuchli obyektga hujum uyushtirgan, deb xabar berdi Haqqin.az.

Sariyaning so‘zlariga ko‘ra, harakatning raketa bo‘limi tomonidan noyob harbiy amaliyot amalga oshirilgan. Ushbu operatsiya davomida “Falastin-2” gipertovushli ballistik raketa yordamida bosib olingan Beyersheba atrofidagi “sionist dushmanning nozik nishonlaridan biri”ga zarba berilgan.

Yahyo Sariya bu haqda isyonchilar nazoratidagi “Al Masirah” telekanali orqali ma’lum qildi. U, shuningdek, husiylar tomonidan Isroilning Eylat, Ashkelon va Hadera shaharlaridagi ahamiyatli obyektlarga ham uchta uchuvchisiz uchoq bilan hujum amalga oshirilganini qayd etdi.

Sariyaning bayonotiga ko‘ra, ushbu harbiy amaliyotlar “o‘z maqsadlariga to‘liq erishdi” va husiylar rejasidagi vazifalar muvaffaqiyatli bajarilgan.

Bunday vaziyatda Yamandagi harbiy harakatning texnologik va strategik imkoniyatlari yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bu hujumlar ortidan mintaqada keskinlik yanada kuchayishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yamandagi husiylar Isroilda “nozik” nishonga zarba yo‘lladi