
Yangi Zelandiyada istiqomat qiluvchi Xelen Nort ismli ayol so‘nggi 9 oy ichida mushugi uyga taxminan 150 ta o‘g‘irlangan buyumni olib kelganini aytadi. Bu hayratomuz holat mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali keng tarqaldi, deb yozmoqda Pravilamag.
Xelenning gapiga ko‘ra, Leonardo da Pinchi laqabli mushuk har kuni deyarli yangi “topilma” bilan qaytib keladi. Eng qizig‘i, u bu buyumlar bilan hech narsa qilmaydi — faqat uyga olib kelib, yerga tashlab, keyin o‘z yo‘lida ketaveradi.
«Eng ko‘p o‘g‘irlaydigan narsalari — ichki kiyim va paypoqlar», deydi Xelen. «Biroq boshqa kiyim-kechaklardan ham voz kechmaydi. Qimmatbaho maykalar, yangi, hali ishlatilmagan kiyimlar, yumshoq o‘yinchoqlar, bog‘ uchun qo‘lqoplar, sport shortiklari, qalpoqlar... ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin».
Hatto bir kuni Leonardo uyga 1,5 metrli (taxminan 5 fut) yasama ilonni ham olib kelgan. «U uni ikki marta olib keldi. Aniq ko‘rinib turibdiki, bu o‘yinchoq unga juda yoqqan», — deb qo‘shimcha qiladi mushukning egasi.
Xelen Nort ayni paytda mahalliy ijtimoiy tarmoq guruhlari orqali qo‘shnilarga tegishli buyumlarni qaytarishga harakat qilmoqda. Uning aytishicha, hozircha qo‘shnilar mushukning bu odatiga yumshoq munosabatda bo‘lishmoqda va bu holat ko‘pchilikning yuzida tabassum uyg‘otmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!