date

Yaponiyada do‘konda ishlagan o‘qituvchi ishdan haydaldi

Yaponiyada do‘konda ishlagan o‘qituvchi ishdan haydaldi

Yaponiyada bir o‘qituvchi dam olish paytidagi qo‘shimcha faoliyati tufayli asosiy ishidan mahrum bo‘ldi. 60 yoshli maktab muallimi maoshini to‘ldirish maqsadida uyi yaqinida joylashgan marketda savdo sotiq bilan shug‘ullangan.

Uning bu harakati hech qanday qonunbuzarlik sifatida qayd etilmagan bo‘lsa-da, mahalliy ta’lim tizimi bunday holatlarga qarshi qattiq yondashadi. Holat do‘konga kelgan mijozlardan biri tomonidan ta’lim departamentiga shikoyat qilinganidan so‘ng oshkor bo‘ldi.

Maktab direktori bu xabarni eshitgach, shaxsan o‘sha do‘konga kelib vaziyatga guvoh bo‘lgan va o‘qituvchining qo‘shimcha faoliyatini "o‘quv jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi" deya baholagan. Shundan so‘ng o‘qituvchi ishdan bo‘shatilgan.

E’tiborlisi, muallim biror marta ham darsni qoldirmagan, o‘quvchilarga yetarli darajada e’tibor qaratgan va o‘z vazifalarini vijdonan bajarib kelgan. Ammo rahbariyat uni ota-onalar va o‘quvchilar oldida kechirim so‘rashga ham majbur qilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yaponiyada qo‘shimcha ishlashga nisbatan juda salbiy munosabat mavjud. Ularning fikricha, bu asosiy ishga charchoq va e’tiborsizlik bilan qarashga sabab bo‘ladi. Shu sababli davlat idoralari, ayniqsa ta’lim muassasalari bu masalada qattiq intizom talab qiladi.

Shu bilan birga, ko‘pchilik bu qarorni ortiqcha qattiqqo‘llik deb baholamoqda. Ularga ko‘ra, muallimning qo‘shimcha ish qilishi – moliyaviy ehtiyoj bilan bog‘liq real holat bo‘lib, unga tushunish bilan yondashish kerak edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu voqea qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar ustozni himoya qilsa, boshqalar tizimni qo‘llab-quvvatladi. Har holda, bu holat Yaponiyada kasbiy etikaga qanday yondashish lozimligi haqida jiddiy mulohaza uyg‘otdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada do‘konda ishlagan o‘qituvchi ishdan haydaldi