Bloomberg bashorati: 2017 yil dunyoda nimalar ro‘y beradi?


AQShning Bloomberg agentligi 2017 yilda jahon miqyosida ro‘y berishi kutilayotgan iqtisodiy, siyosiy, jo‘g‘rofiy va harbiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan “Pessimistik gid” bashoratini e’lon qildi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
Aytish kerakki, agentlik o‘tgan yili “Brekzit” va Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan ajralishini, Donald Trampning saylovda g‘alaba qozonishini to‘g‘ri taxmin qila olgandi.
Bu safar agentlik 2017 yilda Fransiyada Marin Le Pen prezident saylovida g‘alaba qozonishini va shundan keyin Fransiyaning Yevropa Ittifoqidan ayrilishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini bashorat qilmoqda.
Germaniya kansleri Angelda Merkel esa saylovda mag‘lubiyatga uchraydi.
Italiyada “Besh yulduz” nomli populistik harakat yetakchisi Beppe Grillo hokimiyatga keladi va Italiya lirasini qaytadan muomalaga kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazadi.
Buyuk Britaniyada “Brekzit” bo‘yicha qat’iyroq pozitsiyaga ega siyosatchi Tereza Meyni ortda qoldiradi “Brekzit” atrofidagi bahs-munozaralar aniq natijaga olib keladi.
AQShda soliq sohasidagi jiddiy islohotlar natijasida Donald Tramning obro‘si keskin oshib ketadi. Tramp avvaliga AQShning NATOdagi, keyin esa BMTdagi a’zoligini to‘xtatadi. Bu orada “Islomiy davlat” Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini yoyishga urinadi va Afg‘onistonda deyarli hukmronga aylanadi.
Shimoliy Koreya o‘z raketalariga yadroviy kallaklar o‘rnatishga qodir ekani nihoiy tasdig‘ini topgach, bu masalani hal qilish uchun Donald Tramp Xitoydan yordam so‘raydi.
Bloomberg yana bir qator pessimistik bashoratlarni bildirgan. Nima ham derdik, omon bo‘lsak ko‘raveramiz.































Izohlar 0
…