|
AQSh va Xitoy rasmiylari Stokgolmda ikki kun davomida olib borgan muzokaralarni “konstruktiv” deb baholadi. Tomonlar may oyida tuzilgan 90 kunlik tarif sulhini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishmagan bo‘lsa-da, uni saqlab qolish yo‘lida ish olib borishga rozilik bildirishdi.
Xitoy vakili Li Chenggangning aytishicha, tomonlar sulhni saqlab qolish muhimligini tushunib turibdi. AQSh Moliya vaziri Skott Bessent esa yakuniy qaror Prezident Donald Tramp tomonidan qabul qilinishini ta’kidladi. “Hech narsa Tramp bilan maslahatlashilmasdan hal qilinmaydi,” — dedi u.
Tarif sulhi muddati 12-avgustda tugaydi. Agar u yangilanmasa, boj stavkalari yana oshishi mumkin. Aprel oyida ham tomonlar o‘zaro bojlarni ko‘tarib, savdo ziddiyatini kuchaytirgan edi. Hozirda Xitoy mahsulotlariga AQShda 30 foizgacha qo‘shimcha boj joriy etilgan, Xitoy esa AQSh tovarlariga 10 foizlik yangi tariflar belgilagan.
Muzokaralarda tariflar bilan birga boshqa muhim masalalar ham muhokama qilindi: TikTok’ni sotish, nodir metallar eksporti va Xitoyning Rossiya hamda Eron bilan aloqalari. AQSh ayniqsa texnologiya va dori sanoatida xavfni kamaytirish tarafdori ekanini bildirdi.
AQSh-Xitoy savdo muzokaralari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar