date

Arktikada yangi manzara: oq va qora qo‘ng‘ir ayiqlar birga ov qila boshladi

Arktikada yangi manzara: oq va qora qo‘ng‘ir ayiqlar birga ov qila boshladi

Arktikada global isish natijasida ilgari bir-biridan uzoq yashagan oq va bur ayiqlar bir hududda to‘qnash kelmoqda. Tan olinishicha, endi ular hatto birga ov qilishni boshlagan — masalan, qutb ayiqlari va qora qo‘ng‘ir ayiqlar birgalikda kiyik ovlaydi. Bu haqda mashhur polyar tadqiqotchi Vladimir Chukov ma’lum qildi, deb yozmoqda Peopletalk.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu tabiiy jarayon nafaqat ekotizimdagi o‘zgarishlarga, balki genetik jihatdan birlashuvlarga ham olib kelmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida oq ayiqlar DNKsida bur ayiqlarga xos qismlar borligi, hatto gibrid ayiq bolalari dunyoga kelgani aniqlangan.

Bugungi kunda Arktikada harorat oshgani tufayli bu ikki turning areallari yaqinlashmoqda va kelajakda ularning yanada ko‘proq to‘qnash kelishi ehtimoli ortadi. Bu esa ekotizimda yangi biologik muvozanat shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arktikada yangi manzara: oq va qora qo‘ng‘ir ayiqlar birga ov qila boshladi