date

Xitoyda mo‘jiza: 18-qavatdan tushgan bola tirik qoldi

Xitoyda mo‘jiza: 18-qavatdan tushgan bola tirik qoldi

Xitoyning Guandun viloyatida ro‘y bergan g‘oyat hayratlanarli hodisada uch yoshli bola 18-qavatdan yiqilishiga qaramay, tirik qoldi. Bu haqda South China Morning Post manbasiga tayanib xabar berildi.

Fojea sodir bo‘lgan paytda bola buvisi va buvasi qaramog‘ida bo‘lgan. Ular bolani uxlayapti deb o‘ylab, oziq-ovqat olish uchun uydan chiqib ketishgan. Uyg‘ongan bola hojatxonaga kirib, u yerda himoya panjarasi yo‘q derazadan pastga yiqilgan.

Kutilmaganda, u 17-qavatdagi deraza tagiga urilib, yo‘nalishini o‘zgartirgan va yo‘lakka emas, to‘g‘ri daraxt shoxlariga tushgan. Bolaning otasi: “Agar o‘sha daraxt bo‘lmaganida, u betonga tushgan bo‘lardi”, — deya bildirgan.

Bolani mahalliy fuqaro topib, tez yordam chaqirgan. Shifokorlar uning qo‘li singani, umurtqasi cho‘zilgani va ichki a’zolari jarohatlanganini aytgan. Ammo uning bosh miyasi sog‘-omon qolgan.

Bolaning otasi minnatdorlik ifodasi sifatida o‘sha daraxtni an’anaviy qizil gullar bilan bezagan — bu Xitoy madaniyatida hurmat va shukronalik ramzi hisoblanadi.

Hodisa mahalliy jamoatchilikda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilinmoqda. Ko‘pchilik buni "mo‘jiza" deb baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda mo‘jiza: 18-qavatdan tushgan bola tirik qoldi