AQSHda bazani buzib kirmoqchi bo‘lgan haydovchi otib o‘ldirildi, deb CBS axborot manbasi AQSH harbiy-havo kuchlari bayonotiga tayanib xabar berdi.
Arizona shtatida joylashgan Devis-Montan harbiy-havo kuchlari bazasi hududiga ruxsatsiz kirishga uringan fuqaro xavfsizlik xodimlari tomonidan otib o‘ldirildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs juma kuni asosiy darvoza oldida to‘xtab, o‘z shaxsini aniqlay olmagan.
Uning harakatlari shubhali bo‘lgan: avval mashinani noto‘g‘ri boshqargan, yo‘l to‘sig‘iga urilgan, so‘ngra orqaga qaytgan. Bu holat xavfsizlik xodimlarining shubhasini kuchaytirgan va ular protokol asosida unga ogohlantirish bergan.
Biroq fuqaro buyruqga bo‘ysunmagani sababli, xavfsizlik xodimi tomonidan otilgan va voqea joyida halok bo‘lgan. Harbiy bazaning rasmiylari bu fojiali holatdan afsusda ekanini bildirgan, biroq barcha harakatlar belgilangan xavfsizlik ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshirilganini ta’kidlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!