date

Rossiyaning sharqida 500 yildan beri ilk bor vulqon otilishi qayd etildi

Rossiyaning sharqida 500 yildan beri ilk bor vulqon otilishi qayd etildi
Rossiyaning uzoq sharqida joylashgan Kamchatkadagi vulqon so‘nggi 500 yil ichida ilk bor otilib, osmon sari olti kilometr balandlikka kul bulutlarini otdi. Mutaxassislarning fikricha, bu hodisa o‘tgan haftadagi kuchli zilzila bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kamchatka yarimorolidagi ushbu vulqon tunda faollashgan. Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, otilish aholiga xavf tug‘dirmagan.

Mutaxassislar bu hodisalarni o‘tgan hafta yuz bergan 8,8 magnitudali zilzila bilan bog‘lamoqda. Mazkur zilzila mintaqada eng kuchlilaridan biri bo‘lib, millionlab odamlar evakuatsiya qilingan va sunami ogohlantirishlari hattoki Fransiya Polineziyasi hamda Chiliga qadar yetgan edi.

So‘nggi marta bu vulqonning otilishi 15-asrda qayd etilgan.

Kamchatka yarimoroli Tinch okeani “Olov halqasi” deb ataluvchi seysmik faol hududda joylashgan bo‘lib, bu yerda ko‘plab vulqonlar va zilzilalar sodir bo‘lishi tabiiy holat hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning sharqida 500 yildan beri ilk bor vulqon otilishi qayd etildi