date

Misrdan G‘azoga yoqilg‘i yetkazilishi kutilmoqda

Misrdan G‘azoga yoqilg‘i yetkazilishi kutilmoqda
Misr davlat telekanali Al Qahera News xabariga ko‘ra, yakshanba kuni G‘azoga ikki yoqilg‘i yuk mashinasi kirishi rejalashtirilgan. Bu oxirgi oylardagi cheklovlardan keyingi ilk holatlardan biridir.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi yoqilg‘i tanqisligi sababli shifoxonalar faqat og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolayotganini ma’lum qildi. Biroq yuk mashinalari haqiqatan kirgani hozircha tasdiqlanmagan.

So‘nggi bir sutkada ochlikdan yana olti kishi, jumladan bolalar halok bo‘lgan. Urush boshlanganidan beri bunday holatlarning umumiy soni 175 nafarga yetdi.

Isroil xalqaro bosimdan so‘ng yordam kirishiga qisman ruxsat bera boshladi. Shunga qaramay, BMT yordam hajmini oshirish zarurligini ta’kidlamoqda.

Yakshanba kuni G‘azoda yordam olishga harakat qilgan fuqarolarga qaratilgan hujumlarda kamida 18 kishi halok bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misrdan G‘azoga yoqilg‘i yetkazilishi kutilmoqda