Yaqin Sharqdagi xavfsizlik va geosiyosiy muvozanat yana yangi bosqichga o‘tmoqda, deb xabar berdi aydinlik.com.tr. Turkiya va Suriya o‘rtasidagi muzokaralar natijasida, Anqara Suriya hududida uchta harbiy baza joylashtirish bo‘yicha shartnoma tuzishga yaqinlashdi. Mazkur kelishuv mintaqada katta siyosiy va harbiy rezonans tug‘dirmoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kelishuv doirasida turk harbiy instruktorlari suriyalik xizmatchilarga zamonaviy harbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish, maslahat berish hamda Suriya armiyasini isloh qilishda yaqindan yordam ko‘rsatishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasida havo hujumidan mudofaa tizimi, uchuvchisiz havo apparatlari va harbiy texnologiyalar sohasida ham qo‘shma faoliyat olib borish imkoniyati ko‘rib chiqilayapti.
Aydinlik nashrining ta’kidlashicha, ushbu kelishuv mintaqadagi vaziyatga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Turk harbiylari sonining ko‘payishi Isroil va bir qator arab davlatlarida jiddiy xavotir va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Chunki ular bu o‘zgarishni mintaqa kuchlar muvozanati uchun yangi xavf va sinov sifatida baholamoqda.
Suriyadagi uchta yangi turk harbiy bazasi – Anqara va Damashq o‘rtasidagi yangi do‘stona hamkorlik yo‘nalishini namoyon etsa-da, mintaqaviy raqobat va siyosiy dinamikada yana bir bor keskinlikni oshirish ehtimolini ham tasdiqlamoqda. Mintaqadagi barcha tomonlar uchun sinovli va tarixiy davr boshlanmoqda.
Turkiya va Suriya yangi harbiy hamkorlikka tayyorlanmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar