AQSHning Starbase Brewing pivovar kompaniyasi va Jaguar Space aerokosmik tashkiloti hamkorlikda tajriba o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — ilk bor pivo kosmosda tayyorlanadi. Bu haqda loyiha tashkilotchilari ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildilar.
MicroBrew-1 nomini olgan loyiha doirasida "Xalqaro kosmik stansiya (MKS)"ga maxsus konteyner yuboriladi. Unda solod ekstrakti va pivo tayyorlashda asosiy rol o‘ynaydigan droj (xamirturush) saqlanadi. Kosmonavtlar stansiyada ushbu probirkalardagi fermentatsiya (brojeniye) jarayonini o‘zlari ishga tushiradi.
«Bu vazifa ikki yillik ilmiy izlanish va tayyorgarlik natijasi», — deydi Jaguar Space va loyiha rahbari, mikrobiolog Luis Zea.
Tayyor bo‘lgan suyuqlik ma’lum muddat davomida kosmosda saqlanadi va keyin uni Yerga qaytarish rejalashtirilgan. Bu jarayon orqali olimlar kosmik muhit — xususan, mikrogravitatsiya va radiatsiyaning droj faoliyatiga va tayyor mahsulotning xususiyatlariga qanday ta’sir o‘tkazishini o‘rganishadi.
Ushbu ma’lumotlar kelgusida Mars yoki boshqa sayyoralarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarini joyida ishlab chiqarish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, Jaguar Space yana bir tajriba ustida ham ish olib bormoqda — u ham mikrogravitatsiya va kosmik radiatsiya sharoitida fermentatsiya jarayonini tahlil qilishga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!