
Yamanning Adan shahri yaqinidagi harbiy bazada ro‘y bergan portlashda kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Al Arabiya telekanaliga ko‘ra, shahar shimoli-sharqidagi As-Sulban harbiy lagerida xudkush terrorchi portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va yaralanganlar orasida yamanlik harbiylar hamda xizmatga yangi chaqirilganlar bor.
Mamlakatdagi terrorchi guruhlardan hech biri hozircha mazkur portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar