
So‘nggi yillarda minglab xitoyliklar erkinlik orzusida xavfli yo‘llar orqali AQShga yo‘l oldi. Ular orasida Pan ismli erkak ham bor: u Xitoydagi uyi talon-tarojga uchraganidan so‘ng mamlakatni tark etishga qaror qilgan. Ekvador orqali AQShga kirib keldi va hozir Kaliforniyada restoran oshpazi sifatida ishlamoqda.
Pan va ko‘pchilik muhojirlar ish topgan bo‘lsa-da, ular til bilmaslik, ijtimoiy ajralganlik va huquqiy noaniqlikdan aziyat chekmoqda. Shunga qaramay, ular o‘z hayotini “kamtarona, ammo erkin” deb hisoblaydi.
Ammo Donald Trampning qaytishi bu umidlarni so‘ndirmoqda.Tramp ma’muriyatining immigratsion reydlari, noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish siyosati va AQSh-Xitoy aloqalarining sovuqlashuvi muhojirlar orasida tushkunlikni kuchaytirmoqda. Ko‘plab xitoylik muhojirlar hali rasmiy boshpana maqomini olmagan. Ularning ba'zilari, aynan shunday maqomga ega bo‘la turib, reydlar paytida hibsga olingan.
“Agar meni chiqarib yuborishsa, Xitoyga qaytishga majbur bo‘laman”, — deydi Pan. “Bu fikrning o‘ziyoq chidab bo‘lmas darajada og‘riqli.”
Shunga qaramay, u qarorida qat’iy: “Qolaman. Bu yerda men erkindirman.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar