date

Universitet xabari hayotga qaytardi: Xenanlik qiz komadan chiqdi

Universitet xabari hayotga qaytardi: Xenanlik qiz komadan chiqdi

Xitoyning Xenan viloyatida yashovchi 18 yoshli Szyan Chennan ismli qiz universtitetga qabul qilingani haqidagi xabarni eshitgach, murakkab tibbiy ahvol — koma holatidan ko‘zini ochdi. Bu voqea nafaqat uning oilasi, balki butun Xitoy ommaviy axborot vositalarini larzaga soldi, deb yozmoqda Pravilamag.

Szyan Chennan joriy yilning 11 iyulida, mamlakatdagi eng muhim imtihon — gaokao (o‘qishga kirish milliy test) ni topshirganidan so‘ng, yurak qisilishi va issiqlikdan shikoyat qilib shifoxonaga murojaat qilgan. Unda og‘ir kasallik — fulminant miokardit (yurak mushagining tezkor yallig‘lanishi) aniqlandi. Bu tashxis ko‘pincha hayot uchun xavfli hisoblanadi. Qizni boshqa shifoxonaga ko‘chirishdi, ammo u yerda u koma holatiga tushib qoldi.

Qizning opasi ta’kidlashicha, ularning oilasi anchadan beri moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Otasi 2023 yildagi avtohalokatdan so‘ng faqatgina tayoqda yura oladi. Onasi kundalik tirikchilik uchun ko‘chada taom sotadi. Oilada yana bir o‘g‘il bola bor — u hozircha o‘rta maktabda tahsil olmoqda. Shu bilan birga, Szyanning davolanishi uchun ketgan xarajat miqdori 200 ming yuan (qariyb 2,2 milliard so‘m) dan oshib ketdi.

Qiz komada yotganiga sakkiz kun bo‘lganida, otasi uning universitetga qabul qilingani haqidagi maktubni oldi. U bu xursand xabarni shifoxonaga olib kirib, qiziga qo‘rquv va umid aralash shivirlab:

«Biz hammamiz juda xursandmiz, sen universitetga kirding!» — dedi. Shu payt qizning ko‘z qovoqlari qimirlaganini ko‘rdi.

Ortidan, ertasi kuni Szyan Chennan komadan chiqdi. Shifokorlar uni ota-onasi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali bog‘lashdi. Qiz barmog‘i bilan "ok " ishorasini berdi — bu hayotga qaytishning, umidning va orzularning javobidek tuyuldi.

Ota jurnalistlar bilan suhbatda quyidagicha so‘zladi:

«Moliyaviy ahvolimiz og‘ir bo‘lsa ham, men uni albatta universitetga jo‘nataman. Bu — uning hayotiy orzusi», — dedi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Universitet xabari hayotga qaytardi: Xenanlik qiz komadan chiqdi