date

Braziliyada mast erkak 8 kilometrli yugurish marafoniga qo‘shilib, mahalliy yulduzga aylandi

Braziliyada mast erkak 8 kilometrli yugurish marafoniga qo‘shilib, mahalliy yulduzga aylandi

Braziliyalik erkak 8 kilometrli marafonni mast holatda yugurib o‘ta oldi. U ishtirok etgan video virusga aylandi. U shippak kiygan bo‘lsa-da, ba’zi sportchilarni ortda qoldirdi.

Pravilamag xabariga ko‘ra, marafonning kutilmagan ishtirokchisi 32 yoshli Isak Almeyda bo‘ldi. Yugurish oldidan u bir tunni barda o‘tkazgan va start chizig‘iga tasodifan, qattiq mast holatda kelib qolgan. U o‘z holatiga va sport kiyimining yo‘qligiga qaramay, sportchilarga qo‘shilishga qaror qilgan.

Natijada Isak marrani kesib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi, hattoki bir nechta sportchini ortda qoldirdi. Yugurish tashkilotchilari, u ishtirokchilar ro‘yxatida bo‘lmasa-da, unga medal topshirdi. Braziliyalikning o‘zi esa zararli odatlarni tark etib, yugurish bilan shug‘ullanishga va’da berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada mast erkak 8 kilometrli yugurish marafoniga qo‘shilib, mahalliy yulduzga aylandi