date

Putin va Tramp uchrashuviga BAAda tayyorgarlik ketmoqda

Putin va Tramp uchrashuviga BAAda tayyorgarlik ketmoqda

Xalqaro siyosat sahnasida yana bir muhim voqelik sari qadam qo‘yilmoqda. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning bayonotlariga qaraganda, u AQSH prezidenti Donald Tramp bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazishni rejalashtirmoqda va bu uchun “juda munosib” deb hisoblayotgan mamlakat — Birlashgan Arab Amirliklari sanaladi.

Putin Kremlda BAA rahbari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga shunday degan:

“Bizda shunday sammitni tashkil etishda yordam berishga tayyor ko‘plab yaqin ittifoqchilar bor. Ulardan biri – BAA prezidenti. Menimcha, biz buni amalga oshiramiz. Bu davlat, shubhasiz, bunday muloqot uchun eng qulay joylardan biri bo‘ladi”.

Rossiya yetakchisining ta’kidlashicha, Donald Tramp bilan uchrashuvga ikki tomondan ham qiziqish mavjud. Kremldagi manbalardan ma’lum bo‘lishicha, uchrashuvni avvalo Amerika tomoni taklif etgani qayd etilgan. Biroq Oq uy ushbu tashabbus avval Rossiyadan chiqqanini e’lon qildi. Bu holat diplomatik jarayonlardagi o‘zaro yondashuvlar farqini yaqqol ko‘rsatadi.

Shuningdek, Vladimir Putin AQSH prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffni Kremlda qabul qilgani va uchrashuvdan keyin o‘rinbosari Yuriy Ushakov Tramp bilan uchrashuv yuzasidan tayyorgarlik jarayonlari ketayotganini ma’lum qilgani ham muhim voqea sifatida qayd etildi.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, muzokara “yaqin fursatda” o‘tkazilishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, sammit qaysi davlatda bo‘lib o‘tishi masalasi allaqachon kelishilgan, faqat bu haqda rasmiy ma’lumot keyinroq oshkor qilinadi.

Shuningdek, Putin o‘z so‘zida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga qarshi emasligini bildirdi. Biroq bungacha “belgilangan shart-sharoitlar yaratilishi zarurligini” yana bir bor eslatdi. “Bu hali yaqin emas”, – deya qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.

Mazkur uchrashuv, agar amalga oshsa, xalqaro munosabatlar tarixida muhim burilish nuqtalaridan biri bo‘lishi mumkin. Putin va Tramp kabi nufuzli siyosiy arboblarning muloqoti nafaqat Rossiya va AQSH munosabatlariga, balki global geosiyosiy muhitga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi ehtimoli yuqori.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Tramp uchrashuviga BAAda tayyorgarlik ketmoqda