Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi turistik hududlardan birida osma ko‘prik uzilib ketdi, deb “Sinxua” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 6 avgust kuni Ili shahrida sodir bo‘lgan. Ko‘prikning osma arqonlaridan biri uzilishi natijasida u yonib ketib, unda turgan odamlar suvga qulagan. Jami 29 kishi ko‘prikdan tushib ketgan, shundan 5 nafari halok bo‘lgan, 24 nafari yarador. Jarohatlanganlardan 22 nafari yengil, 2 nafari og‘ir ahvolda. Hozirda ular mahalliy shifoxonada davolanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ko‘prikning bir tomonga qattiq yonib qolgani, odamlar esa yon to‘rdan ushlab qolishga va narigi tomonga o‘tishga uringani ko‘riladi. Kadrlarda suvga tushganlarga yordam ko‘rsatilayotgani ham aks etgan.
Ma’lumot uchun, Xitoyda hozirda chivinlar orqali yuqadigan chukungunya virusi keng tarqalgan. Mamlakatda 7 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingan bo‘lib, hukumat hasharotlarga qarshi dori sepish va dronlardan foydalanish choralarini ko‘rmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!