Xalqaro siyosat sahnasida yana bir muhim voqelik sari qadam qo‘yilmoqda, deb xabar berdi dw.com. Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentlari — Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida yaqin kunlarda ikki tomonlama yuksak darajadagi sammit o‘tkazilishi aniqlashib, bu borada tomonlar o‘zaro kelishuvga erishdi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, Amerika tomoni tashabbusi bilan sammitni tashkil etish bo‘yicha barcha prinsipial masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Unga ko‘ra, uchrashuv kelasi haftada o‘tkazilishi rejalashtirilgan va bu borada Moskva hamda Vashington tezkor tayyorgarlik ishlarini boshladi. Yig‘ilish joyi ham kelishilgan, ammo hozircha rasman e’lon qilinmadi.
Ushakov aytishiga ko‘ra, mazkur sammitga tayyorgarlik Tramp tomonidan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv muddati yakunlanishidan bir kun oldin amalga oshirilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp agar Moskva diplomatik yo‘l bilan kelishuvga rozi bo‘lmasa, Rossiyaning asosiy energetika xaridorlariga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qilgan.
Ta’kidlash joiz, bu uchrashuv xalqaro siyosiy maydonda katta ahamiyat kasb etadi va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga yangi yo‘nalish berish imkonini yaratadi. Muzokaralar jarayoni va uning natijalari xalqaro jamoatchilik uchun qiziqish va muhokama obyekti bo‘lib turibdi.
Yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan Putin–Tramp uchrashuvi xalqaro siyosatdagi vaziyatga qanday ta’sir ko‘rsatishi, yangi qarorlar va muhim kelishuvlarga zamin yaratishi — ayni damda barcha uchun dolzarb masalaga aylangan. Siyosiy jarayonlarning rivoji esa butun dunyo e’tiborida qolmoqda.
Putin va Tramp uchrashuvi arafasida: katta siyosiy sammitga tayyorgarlik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar