
Suriyadagi qurolli nizolar Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu fikr Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘’mon Kurtulmush tomonidan bildirildi, deb xabar qildi Kun.uz sayti.
U xalqaro hamjamiyatni Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun harakatlarni kengaytirishga chaqirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aks holda dunyo hamjamiyati katta tahdidlar bilan to‘qnashishi mumkin.
"Suriyada uchinchi qo‘l tomonidan olib borilayotgan urush, shuningdek, Iroqdagi shunday urush yakunlanish arafasida. Agar vaziyat barqarorlashmasa, dunyodagi superqudratli davlatlar, xususan, AQSh va Rossiya ishtirokida Uchinchi jahon urushi yuzaga kelish xavfi mavjud", - degan vazir o‘rinbosari.
«Anadolu» agentligi saytida Kurtulmushning to‘liq bayonoti keltirilmagan, matn agentlikning obuna bo‘lgan muxlislariga taqdim etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar