Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Komi Respublikasida yirik portlashlar sodir bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, hujum Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan amalga oshirilgan. Nishon sifatida Uxta shahridagi mahalliy neftni qayta ishlash zavodi tanlangan.
Bu hodisa Ukraina tomonidan Rossiya tarkibidagi respublika hududiga berilgan ilk bevosita zarba sifatida tarixga kirishi mumkin. Komi Respublikasi Ukrainadan taxminan 2000 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Portlashlar shunchalik kuchli bo‘ldiki, tovush zavod atrofidagi aholi yashash joylarida ham aniq eshitilgan. Shundan so‘ng hududda mobil internet va aloqa xizmatlari to‘liq o‘chirildi.
Ayni damda zavod yaqinida Rossiya maxsus xizmatlari ish olib bormoqda. Hududga kirish qat’iy nazorat ostida.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i ham Uxtadagi neft zavodiga berilgan zarbani tasdiqladi. Unga ko‘ra, bu Rossiyaning strategik infratuzilmasiga yetkazilgan navbatdagi zarba hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!