Turkiyaning shimoli—g‘arbiy qismida kuchli zilzila ro‘y berdi. Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qilishicha, Balikesir viloyatining Sindirg‘i shahrida bugun 6,1 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan.
Ayni paytgacha hech qanday halok bo‘lish yoki og‘ir jabrlanish holatlari aniqlanmagan. Ammo zilzilaning to‘lqinlari mamlakatning bir qator shaharlarida, jumladan, Istanbulda ham yaqqol sezilgan.
Yer titrashi Toshkent vaqti bilan soat 21:53 da sodir bo‘lgan. Hozircha mahalliy hokimiyat va favqulodda xizmatlar zarar ko‘lamini aniqlash ishlarini olib bormoqda.
Turkiyada zilzilalar xavfi yuqori bo‘lgan hududlar ko‘pligi sabab, mutaxassislar aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga va rasmiy axborot kanallarini kuzatib borishga chaqirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar