The Telegraph yozganidek, dunyo siyosiy sahnasida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Muallif Daniel Xannanning fikricha, Alyaskada o‘tgan Tramp va Putin sammiti G‘arb uchun amaliy mag‘lubiyat sifatida baholanadi. Bu kelishuv orqali Rossiya bosib olgan hududlarning asosiy qismi o‘z qo‘lida qoladi, sanksiyalar yumshatilishi mumkin, AQSH esa Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi.
Xannan ta’kidlaydiki, Kiyev G‘arb tomonidan Zelenskiy shaxsi uchun emas, balki Atlantika Xartiyasi va BMT Nizomidagi asosiy tamoyil – chegaralar zo‘ravonlik bilan o‘zgartirilmasligi qoidalarini himoya qilish maqsadida qo‘llab-quvvatlanib kelgan.
Agar Putin o‘z yutuqlarini saqlab qolsa, bu NATO ittifoqchilarini himoya qilmasligi haqidagi signalni butun dunyodagi diktatorlarga uzatishi mumkin.
"1945 yildan keyin shakllangan dunyo tizimi yo‘qolmoqda va uning o‘rniga sovuq hamda qorong‘u tartib kelmoqda", – deb yozadi sharhlovchi.