date

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida “zamonaviy qullik” kuchaymoqda

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida “zamonaviy qullik” kuchaymoqda
Rossiyada mehnat tanqisligini bartaraf etish uchun minglab shimoliy koreys ishchilari qurilish, zavod va ishlab chiqarish sohalarida og‘ir sharoitlarda ishlashga majbur qilinmoqda.

Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, Rossiya Ukraina urushi sabab yuzaga kelgan mehnat yetishmovchiligini to‘ldirish uchun Shimoliy Koreyadan 50 minggacha ishchi jalb qilishni rejalashtirmoqda. 2024-yilda Rossiyaga 13 mingdan ortiq koreys ishchisi kiritilgan, ularning ko‘pi “talaba vizasi” orqali olib kirilgan bo‘lib, bu BMT taqiqini chetlab o‘tish yo‘li sifatida baholanmoqda.

Qochib chiqqan ishchilar 18 soatlab ishlashga, yiliga atigi ikki kun dam olishga majbur bo‘lishganini, sovuq va nosoz turar joylarda yashashganini aytishdi. Ular Shimoliy Koreya xavfsizlik xodimlari nazoratida bo‘lib, deyarli tashqariga chiqish imkoniga ega emas. Ba’zilari jarohatlanganida ham ishlashga majbur qilingan.

Mutaxassislar bu tizim Shimoliy Koreya uchun katta moliyaviy manba ekanini aytadi. Ishchilarning asosiy daromadi Pxenyanga yuboriladi, o‘zlariga esa oyiga atigi 100–200 AQSh dollari qoladi. Bu pullar vatanga qaytgach beriladi, bu esa qochish imkoniyatini yanada kamaytiradi.

Janubiy Koreya manbalariga ko‘ra, Rossiyadan qochib kelayotgan ishchilar soni qisqarmoqda: 2022-yilda 20 nafar bo‘lsa, 2024-yilda bu raqam 10 nafarga tushgan. Kuzatuvchilar bu holat ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy yaqinlashuv ortidan yanada kuchayishini ogohlantirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida “zamonaviy qullik” kuchaymoqda