date

Dunyodagi eng keksa tovuq Pearl 14 yoshda

Dunyodagi eng keksa tovuq Pearl 14 yoshda

Texas shtatida yashovchi Pearl ismli tovuq dunyoning eng keksa tirik tovug‘i sifatida tan olindi. U 14 yoshga to‘ldi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi, deb yozadi Pravilamag.

Egasining so‘zlariga ko‘ra, Pearl 2011 yil 13 mart kuni inkubatorda tuxumdan chiqqan. “U barcha umidlarni ortda qoldirdi, chunki bu zotdagi tovuqlar odatda atigi 5–8 yil umr ko‘radi”, — deydi egasi Sonya Xall.

Hozirda Pearl mustaqil yurishda biroz qiynaladi, shu sababli ko‘p vaqtini oilaning kir yuvish xonasida o‘tkazadi. “Ba’zan biz uni mehmonxonaga olib chiqamiz, chunki televizor yoqilganida tomosha qilishni juda yaxshi ko‘radi”, — deydi Xall. Pearl uy hayvonlari, xususan, keksa mushuk va ba’zan uning ustida uxlab qoladigan mushukchani ham yaxshi ko‘radi.

Ginnesning rekordlar kitobi 22 may kuni Pearlning yoshini tasdiqlab, uni rasman dunyodagi eng keksa tirik tovuq deb e’lon qildi. Qiziq tomoni, bu xabar e’lon qilingach, Pearl darhol bitta tuxum qo‘ygan, odatda esa juda kam tuxum qo‘yadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ginnesning rekordlar kitobiga Kanadadagi boshqa bir tovuq ham kiritilgan — u raqamlar, harflar va ranglarni taniy oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng keksa tovuq Pearl 14 yoshda