date

Rus yoshlari farovon hayot uchun qancha maosh istaydi?

Rus yoshlari farovon hayot uchun qancha maosh istaydi?

Rossiyada 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan har uchinchi yosh kishi o‘zining kasbiy faoliyatining eng yuqori bosqichida oyiga kamida 200 ming rubl daromad olishni maqsad qilgan. Bu haqda Peopletalk xabar bermoqda, tahlilchilar esa qo‘shma so‘rov natijalariga tayanib shunday xulosaga kelishgan.

So‘rovda qatnashganlarning 28 foizi oylik maoshini 400 mingdan 500 ming rublgacha yetkazishni orzu qilgan. 24 foiz respondentlar uchun qulay daromad miqdori 100 ming rubl atrofida bo‘lsa, 16 foizi 300 ming rubldan ko‘prog‘ini maqsad qiladi.

Kasbiy cho‘qqiga yetish yoshi haqida fikrlar ikkiga bo‘lingan: ishtirokchilarning 44 foizi bu 36 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan davr deb hisoblasa, 38 foizi 30 yoshdan 35 yoshni eng samarali yillar deb biladi. Qolgan 18 foiz esa kasbiy yuksalishning eng yuqori nuqtasi 40-50 yoshga to‘g‘ri keladi, deb ishonadi.

Hozirgi daromad darajalari ham turlicha: yosh rossiyaliklarning 27 foizi oyiga 50 ming rublgacha, 22 foizi 51 mingdan 81 ming rublgacha, 24 foizi 81 mingdan 101 ming rublgacha, yana 27 foizi esa 101 ming rubldan ko‘proq maosh oladi.

So‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, ishtirokchilarning ko‘pchiligi moliyaviy zaxira to‘plashni boshlab bo‘lgan. Jamg‘arma qilishning asosiy usullari — bank omonatlari, aksiya va obligatsiyalarga sarmoya kiritish. Kam hollarda esa hayot sug‘urtasi, ko‘chmas mulk yoki oltinga mablag‘ yo‘naltiriladi. Jamg‘armaning asosiy maqsadlari uy xaridi va kelgusidagi pensiyani ta’minlashdir.

Tadqiqot 2025 yil avgust oyida mamlakat bo‘ylab 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 2,3 mingdan ortiq iqtisodiy faol rossiyaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan.

Aytish joizki, Rossiyada o‘rtacha ish haqi o‘sishda davom etmoqda. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning may oyida o‘rtacha oylik maosh 99 422 rublni tashkil etib, o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 14,5 foizga ko‘p bo‘lgan. Shu bilan birga, ayrim sohalarda xodimlar maoshi ushbu ko‘rsatkichdan ikki-uch baravar yuqori.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rus yoshlari farovon hayot uchun qancha maosh istaydi?