Yevropaning besh davlat rahbarlari — Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni hamda Polsha yetakchisi Donald Tusk Tramp va Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sammit yuzasidan umumiy bayonot bilan chiqishdi.
Ular bildirgan fikrlariga ko‘ra, Yevropa hamkorligi va yordami asosida uch tomonlama yangi sammit tashkil etish imkoniyati ustida ish olib borishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Bu esa ularning yangicha diplomatik maydon yaratishga intilishini ko‘rsatadi.
Bayonotda ayniqsa Ukraina masalasi alohida ta’kidlandi. Yevropa yetakchilariga ko‘ra, Ukraina o‘z qurolli kuchlari uchun hech qanday cheklovsiz imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, mamlakatning Yevropa Ittifoqi yoki NATOga qo‘shilish yo‘lida Rossiyaning veto huquqi mutlaqo mavjud bo‘lmasligi zarurligi aytildi.
Shu bilan bir qatorda, Ukraina o‘z hududlari yuzasidan qarorlarni mustaqil qabul qilishi kerakligi qayd etildi. Bu masalada tashqi bosim yoki majburiy shartlar qo‘yilishi mutlaqo rad etildi.
Yevropa davlatlari Ukrainaga yordam berishda to‘xtamasliklarini yana bir bor tasdiqlashdi. Ular ta’kidlashicha, adolatli va barqaror tinchlikka erishilgunga qadar Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar va iqtisodiy bosim yanada kuchaytirilaveradi.
Xulosa qilib aytganda, Yevropa yetakchilarining bu qo‘shma bayonoti Moskvaga keskin signal sifatida baholanmoqda. Ukrainaga ko‘rsatiladigan yordam orqali qit’a xavfsizligini mustahkamlash, shu bilan birga, uzoq muddatli tinchlik sari yo‘l ochish asosiy maqsad sifatida belgilab qo‘yildi.
Yevropa yetakchilari Tramp–Putin sammiti ortidan qo‘shma bayonot berdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar