Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Vashingtonga boradi. Unga Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Britaniya bosh vaziri Keyr Starmer hamrohlik qiladi.
Yevropa yetakchilari Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlash va Ukraina uchun kuchli xavfsizlik kafolatlari olishni istamoqda. Uchrashuvda Rossiya agressiyasiga qarshi yordam, hududiy masalalar hamda iqtisodiy cheklovlar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Tramp o‘tgan hafta Alyaskada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Manbalarga ko‘ra, Putin Ukrainadan sharqiy hududlarning katta qismini berishni talab qilgan, evaziga frontni muzlatishga tayyorligini aytgan. Zelenskiy esa bu shartlarni rad etgan.
Ishtirokchi davlatlar Tramp, Putin va Zelenskiy o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv tashkil etilishidan manfaatdor. Ularning maqsadi — Ukrainaga kafolatli yordam ko‘rsatish va zarurat tug‘ilganda Moskvaga bosimni kuchaytirishdir.
Rossiya esa o‘z talablaridan voz kechmayapti. Putin Donetsk(Ukraina sharqida joylashgan yirik sanoat shahri va viloyat markazi) ustidan to‘liq nazoratni istamoqda va Yevropani “fitnalar uyushtirmaslik” haqida ogohlantirdi. Zelenskiy esa urushni to‘xtatishning eng muhim sharti — janglarni birdaniga to‘xtatish ekanini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar