date

Vashingtonda bir kechada 68 kishi qo‘lga olindi

Vashingtonda bir kechada 68 kishi qo‘lga olindi

AQSH poytaxti Vashingtonda federal va mahalliy huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan yirik maxsus operatsiya davomida 68 nafar shaxs hibsga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Pem Bondi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kecha kechqurun federal xizmatchilar va Kolumbiya politsiyasi ishtirokida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha reyd amalga oshirilgan. Natijada, bir kechaning o‘zida 300 dan ziyod shaxslar qayd etildi, 15 ta noqonuniy o‘qotar qurol musodara qilindi va qator jinoiy ishlar ochildi.

“Federal hamkorlarimiz bilan birgalikda 68 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular orasida qotillikda gumon qilinganlar, giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar hamda turli huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bor”, — dedi Bondi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olinganlardan ayrimlari oldindan qidiruvda bo‘lgan. Ayni paytda ularga nisbatan surishtiruv va sud ishlari olib borilmoqda.

Vashingtonda bunday keng ko‘lamli operatsiya so‘nggi oylarda birinchi marta o‘tkazilmoqda. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu choralar shaharda xavfsizlikni ta’minlash va jinoyatchilik darajasini keskin pasaytirishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vashingtonda bir kechada 68 kishi qo‘lga olindi