Vashingtonga Donald Tramp bilan uchrashish uchun tashrif buyurgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatining harbiy harakatlarni yakunlash va uzoq muddatli tinchlikka erishishga intilayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyo faqat urushni emas, balki tinchlikni ham tezda tiklashni xohlaydi. Ammo bu tinchlikni ta’minlash, barqaror va uzoq muddatli bo‘lishi kerak.
"Bu urushni tezroq va ishonchliroq tugatishni hammamiz birdek istaymiz. Tinchlik esa uzoq davom etishi kerak. Bir necha yillar avval Ukrainani Qrim va Donbassning bir qismini berishga majbur qilishdi. Putin esa bundan shunchaki yangi hujum uchun platsdarm sifatida foydalandi. Endi bunday bo‘lmasligi kerak. Yoki 1994 yilda Ukrainaga go‘yoki «xavfsizlik kafolatlari» berilgan, ammo buning foydasi bo‘lmadi. Albatta, 2022 yildan keyin ukrainaliklar Kiyev, Odessa, Xarkovni bermagani kabi Qrimni ham bermaslik kerak edi", — dedi Vladimir Zelenskiy.
Zelenskiy o‘z so‘zlarida Ukraina xalqi va uning jangchilari Donetsk va Sumi viloyatlarida juda katta muvaffaqiyatlarga erishganini ham ta’kidladi. U, shuningdek, AQSH va Yevropa mamlakatlariga minnatdorlik bildirib, ularning bebaho yordami Ukraina uchun juda muhim ekanini aytdi. Uning fikricha, Rossiya o‘zi boshlagan bu urushni tugatishi kerak va Amerika, Yevropa hamkorlari bilan birgalikda Rossiyani haqiqiy tinchlikka majburlashlari mumkin.
Tramp, Zelenskiyning Vashingtonga tashrifi arafasida, agar Ukraina Rossiya bilan urushni tezda tugatmoqchi bo‘lsa, Qrimdan va NATO a’zosi bo‘lishdan voz kechishga tayyor bo‘lishi kerakligini aytdi.
AQSH davlat kotibi Marko Rubio esa, NBC News telekanaliga bergan intervyusida Kiyevni Qrim va Ukraina tomonidan boy berilgan boshqa hududlar haqida so‘ralgan savolga javoban, ularni berishga "hech kim majburlamayotganini" ta’kidladi, shu bilan birga tinchlik kelishuvi amalga oshmasligi mumkinligini ham e’tirof etdi.
18 avgust kuni Oq uyda Donald Tramp, Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari ishtirokida muhim uchrashuv rejalashtirilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev va Yevropa AQSH va Rossiya yetakchilari Alyaskadagi uch soatlik suhbat chog‘ida nimaga kelishib olganini hali to‘liq tushunmayapti, shuning uchun Tramp ularga shaxsan izoh berishi kutilmoqda.
Zelenskiy AQSHdagi uchrashuvda tinchlik uchun yangi yo‘lni ta’kidladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar