Amerika Qo‘shma Shtatlarining Baltimor shahrida joylashgan port hududida katta favqulodda holat ro‘y berdi. CBS telekanali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Patapsko daryosida turgan yuk kemasida kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, portlashga kema ostida paydo bo‘lgan yong‘in sabab bo‘lgan. Hodisa Frensis Skott-Ki ko‘prigi yaqinida qayd etilgani ayni paytda shahar aholisi va port xodimlari orasida xavotir uyg‘otgan.
Yong‘in xizmati va qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in tarqalishining oldini olgan. Shu bilan birga, kemada bo‘lgan barcha shaxslar xavfsizlik choralari asosida evakuatsiya qilingan.
Hozirda rasmiy idoralar portlashning aniq sabablarini o‘rganmoqda. Hodisa ortidan Baltimor portida xavfsizlik choralari kuchaytirilgani ham ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH portlarida yuk kemalari bilan bog‘liq bunday yirik yong‘in va portlash holatlari juda kam uchraydi. Shu bois mazkur voqea mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari diqqat markaziga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!