AQSH va Meksika chegarasida yana bahsli qaror qabul qilindi. Rasmiylar ma’lum qilishicha, chegaradagi metall devorlar yaqin vaqt ichida qora rangga bo‘yalishi kutilmoqda. Bu qarorning asosiy maqsadi — devor quyosh nurlarida yanada qizib ketishi va natijada noqonuniy muhojirlarning uni yengib o‘tishi qiyinlashishi, deb ta’kidlandi.
AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem 19 avgust kuni Nyu-Meksiko shtatining chegara qismiga tashrifi chog‘ida shu haqda ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus bevosita Prezident Donald Trampning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilmoqda. Tramp bu fikrni izohlar ekan, “qora rang issiqlikni ko‘proq tortadi va devorni oshib o‘tish jarayonini yanada qiyinlashtiradi”, deya ta’kidlagan.
Hozircha bu g‘oyaning aniq muallifi kimligi va uning qachon amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumot berilmagan. dw.com yozishicha, ayrim manbalar bu masalada hali ko‘p savollar ochiq qolganini qayd etmoqda.
Chegaradagi tadbirda ishtirok etgan AQSH chegara xizmati rahbari Mayk Benks esa qora rangga bo‘yash nafaqat noqonuniy muhojirlarni qaytarish, balki devorni zangdan himoya qilishda ham foyda keltirishi mumkinligini ta’kidladi. Uning fikricha, metall konstruksiyalarning uzoq umr ko‘rishi ham shu orqali ta’minlanishi mumkin.
Shu tariqa, qora rang masalasi AQSH chegara siyosatida yangi va qizg‘in bahslarning sababchisiga aylandi. Mutaxassislar bu choraning samarasi haqida turlicha fikr bildirmoqdalar. Bir tomon bu g‘oyani noqonuniy muhojirlikka qarshi qat’iy qadam sifatida baholasa, boshqalar uni simvolik harakat deb hisoblamoqda.
Tramp Meksika bilan chegaradagi devorni qora rangga bo‘yashni buyurdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar