Ispaniyaning Pireney tog‘larida joylashgan Canfranc vokzali bir paytlar ulkan loyihalardan biri bo‘lgan. 1928-yilda katta tantanalar bilan ishga tushirilgan bu bekat qisqa vaqt ichida yong‘in, urush va inqirozlar tufayli yopilib ketdi. U o‘nlab yillar davomida tashlab qo‘yildi va odamlar uni “Yevropaning eng baxtsiz vokzali” deb atashdi.
Oradan yillar o‘tib, bekatga yangi hayot bag‘ishlandi. 2023-yilda u hashamatli mehmonxonaga aylantirildi. Endi bu yerda bar, restoran, basseyn va dam olish maskanlari mavjud. U sayyohlar uchun ham, mahalliy aholi uchun ham diqqatga sazovor joyga aylandi.
Tarixchilarning aytishicha, bu bekat o‘z davrida Yevropadagi eng yirik vokzallardan biri bo‘lgan. Unda mehmonxona, bojxona va turli xizmat binolari joylashgan edi. Bekatning o‘tmishi ko‘plab tarixiy voqealarga boy.
Bugun esa Canfranc nafaqat mehmonxona, balki turizm markaziga ham aylangan. Uning qayta tiklanishi mahalliy iqtisodiyotga ham foyda keltirmoqda.
Bugun esa Canfranc nafaqat mehmonxona, balki turizm markaziga ham aylangan. Uning qayta tiklanishi mahalliy iqtisodiyotga ham foyda keltirmoqda.
Yaqin yillarda xalqaro poyezdlar ham bu vokzalga qaytishi kutilmoqda. Agar rejalar amalga oshsa, Canfranc yana tog‘lar orqali sayohatni jozibali qiluvchi muhim bekat bo‘lib xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar