date

Daniya aholini ko‘proq kitob o‘qishga rag‘batlantirmoqda

Daniya aholini ko‘proq kitob o‘qishga rag‘batlantirmoqda
Daniya podshohligi hukumati yaqinda jamoatchilik e’tiborini tortgan muhim qarorni e’lon qildi. Davlat rahbariyati endilikda kitob savdosidan undiriladigan 25 foizlik qo‘shimcha qiymat solig‘ini bekor qilishini ma’lum qildi. Bu qadamning asosiy maqsadi aholini, ayniqsa yoshlar va o‘smirlarni ko‘proq kitob o‘qishga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mamlakatning ma’naviy hamda madaniy taraqqiyotiga turtki berishdir. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qaror davlat xazinasiga yil davomida taxminan 330 million kron (ya’ni 44 million yevro) atrofidagi mablag‘ning yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq hukumat bunday yo‘qotishni yo‘qotish sifatida emas, balki millatning ma’naviy va madaniy kelajagiga investitsiya sifatida ko‘rmoqda. Zero, kitob solig‘ining bekor qilinishi kitob narxlarini arzonlashtirib, ularni keng jamoatchilik uchun yanada ommabop qiladi. Bu esa fuqarolar, ayniqsa o‘smirlar orasida kitobga qiziqish va kitobxonlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, ushbu tashabbus Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) e’lon qilgan tashvishli raqamlardan keyin amalga oshirildi. OECD ma’lumotlarida qayd etilishicha, Daniyadagi 15 yoshli o‘smirlarning qariyb 24 foizi oddiy matnni ham to‘liq tushunib o‘qishga qiynalmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘n yil avvalgi statistikadan 4 foiz yuqoriroq ekani qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daniya aholini ko‘proq kitob o‘qishga rag‘batlantirmoqda