Yaponiya Bosh vaziri Shigeru Ishiba va Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon Tokioda uchrashib, xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar. Bu Li Chje Myonning iyun oyida prezidentlikka saylanganidan keyingi Yaponiyaga ilk tashrifi bo‘ldi.
Tomonlar AQSh bilan uch tomonlama kelishuv doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, mudofaa, iqtisodiy xavfsizlik va sun’iy intellekt sohalarida qo‘shma loyihalarni kuchaytirishga kelishdi. Uchrashuvda yoshlar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Ikki davlat Shimoliy Koreyaning yadro va raketa tahdidlariga qarshi yaqin hamkorlik qilishini ta’kidladi. Li Chje Myon avvalroq Yaponiyaga nisbatan tanqidiy qarashlari bilan tanilgan bo‘lsa-da, Tokiodagi muzokaralarda munosabatlarni mustahkamlash tarafdori ekanini qayd etdi.
Prezident Li 25-avgust kuni Vashingtonga borib, AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralarda Xitoy va Shimoliy Koreya xavfsizlik masalalari hamda Janubiy Koreyada joylashgan AQSh qo‘shinlari uchun moliyaviy hissa masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar