date

Hindiston 2030 yilga qadar o‘z “temir gumbazi”ni yaratadi

Hindiston 2030 yilga qadar o‘z “temir gumbazi”ni yaratadi
Hindiston mudofaa sohasida strategik ahamiyatga ega yirik qadam tashlamoqda. "Bloomberg" nashrining yozishicha, mamlakat o‘zining milliy miqyosdagi havo mudofaa tizimini ishlab chiqishni boshladi. U “Sudarshan Chakra” nomi bilan mashhur bo‘ladi va mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, 2030 yilga kelib to‘liq tayyor holatga keladi.

Bu loyiha haqida ilk ma’lumotni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakat mustaqillik kunida bergan edi. Uning ta’kidlashicha, yangi tizim “hind gumbazi” sifatida taniladi va mamlakat xavfsizligini ta’minlashda tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Mutaxassislar izohlashicha, “Sudarshan Chakra” tizimi to‘rt asosiy ustunga tayanadi: kuzatish, topish, ta’qib qilish va aniqlash. Bu funksiyalar orqali havodan kelayotgan har qanday tahdidni vaqtida ilg‘ab, uni samarali yo‘q qilish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, tizimda sun’iy intellekt texnologiyalari hamda yuqori kognitiv imkoniyatlarga ega algoritmlar keng ko‘lamda joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu esa himoya tizimini nafaqat tezkor, balki aqlli qaror qabul qiladigan innovatsion qurolga aylantiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston 2030 yilga qadar o‘z “temir gumbazi”ni yaratadi