date

Tramp: Rossiya va Ukraina mojarosi shaxsiy, uni to‘xtatamiz

Tramp: Rossiya va Ukraina mojarosi shaxsiy, uni to‘xtatamiz

AQSH prezidenti Donald Trampning navbatdagi bayonoti xalqaro maydonda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Unga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizo davlatlararo masaladan ko‘ra ko‘proq shaxsiy xarakterga ega bo‘lib, u kelgusida bu mojaroni barham toptirish niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, «Menga eng oson ko‘ringan muammolardan biri, rostini aytsam, Rossiya va Ukraina masalasi edi. Ammo, aniq bo‘lishicha, bu jiddiy shaxsiy nizoga borib taqaladi. Shunday. Ammo baribir, biz oxir-oqibat buni to‘xtatamiz». Prezident bu boradagi rejalarini to‘liq ochiqlamadi, biroq ishni nazorat ostida ekanini ta’kidladi.

Shu bilan birga, AQSH yetakchisi fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qilishdan bosh tortishi shaxsiy munosabat bilan bog‘liq. Jurnalistlar “Nima uchun Putin Zelenskiy bilan uchrashishni istamayapti?” deb so‘rashganda, Tramp qisqa va ochiq javob berdi: “Uni yoqtirmaydi. Uni yoqtirmaydi”.

Tramp o‘z so‘zlarida yana bir muhim jihatga e’tibor qaratdi: AQSH hozirgi paytda Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri mablag‘ ajratmayotgani, qurol-yarog‘ masalalari esa faqat NATO orqali kelishib olinayotganini bildirdi. Unga ko‘ra, bu siyosat Amerika manfaatlariga mos ravishda shakllantirilgan.

Muttaxassislar ta’kidlashicha, Trampning bu bayonoti mojaro atrofidagi tortishuvlarga yangi rang qo‘shishi mumkin. Uning shaxsiylikka urg‘u berishi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyatda yangi tahlil nuqtalari paydo qilishi aniq.

Shu tariqa, Vashingtondan yangragan bu gaplar xalqaro maydonda yana bir dolzarb bahsni boshlab berdi. Muxlislar va siyosiy kuzatuvchilar esa Trampning “biz to‘xtatamiz” degan qat’iy va’dalarining qay darajada amaliy kuchga ega bo‘lishini katta qiziqish bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Rossiya va Ukraina mojarosi shaxsiy, uni to‘xtatamiz