Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In kelasi hafta Pekinda o‘tkaziladigan yirik harbiy paradga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga tashrif buyuradi. Bu Kimning ilk xalqaro ko‘p tomonlama uchrashuvi bo‘lib, Xitoy rahbari Si Szinpin uchun muhim diplomatik yutuq hisoblanadi.
Paradda Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligi nishonlanadi. Xitoy yuzlab samolyotlar, tanklar va yangi harbiy texnologiyalarini namoyish etishi kutilmoqda. Tadbir tarixiy Tyananmen maydonida bo‘lib, o‘n minglab askarlar qatnashadi.
Rossiya va Shimoliy Koreya rahbarlari bilan birga yana 26 davlat yetakchilari ham marosimga kelishi rejalashtirilgan. Bu Shimoliy Koreya rahbarining Xitoy paradida ishtirok etishi 1959 yildan keyingi ilk holat bo‘ladi.
G‘arb davlatlari paradga qatnashmaydi, chunki ular Rossiyaning Ukrainadagi urushini qoralashda davom etmoqda. Shu bilan birga, Kim Chen Inning Rossiyaga qurol va askar yuborgani ham G‘arbda keskin tanqid qilinmoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, bu uchrashuv Si Szinpinga xalqaro siyosatda qo‘shimcha kuch beradi. Kim Chen In esa Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga harakat qilmoqda. Shu paytda AQSh prezidenti Donald Trampning ham Osiyoga tashrifi ehtimoli tilga olinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar