AQSH prezidenti Donald Trampning o‘g‘li Erik Tramp kelajakda Amerikada davlat rahbarligi uchun kurashga qo‘shilishi mumkinligini rad etmadi.
Nikkei nashriga bergan intervyusida jurnalistning “Prezidentlikka nomzodingizni qo‘yishingiz mumkinmi?” degan savoliga u shunday javob qaytardi:
“Yo‘q” demayman, bir vaqtning o‘zida “ha” ham demayman”.
Erik Tramp so‘zlarida, bu imkoniyatni “hech qachon chetga surmasligini” ta’kidladi, ammo u o‘zini siyosatdan ko‘ra biznes olamida ko‘proq ko‘rayotganini bildirib o‘tdi.
Ma’lumki, u World Liberty Financial kriptovalyuta kompaniyasiga rahbarlik qiladi va moliya hamda texnologiya sohalaridagi faoliyati bilan mashhur.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval AQSH prezidenti Donald Tramp navbatdagi saylovlarda qatnashmasligini aytgandi. Shu bois Erik Trampning ehtimoliy nomzodi haqidagi gaplar siyosiy doiralarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ekspertlar fikricha, agar Erik Tramp prezidentlikka da’vogarlik qilishga qaror qilsa, u nafaqat otasining merosini davom ettiradi, balki Amerika siyosat maydonida yangi rang olib kirishi ham mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!