date

Ukrainada Andrey Parubiy qotilligida gumonlanuvchi qo‘lga olindi

Ukrainada Andrey Parubiy qotilligida gumonlanuvchi qo‘lga olindi

Ukrainada siyosiy sahnani larzaga solgan qotillik ishi yuzasidan muhim xabar tarqatildi. Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko va mamlakat Xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari Vasil Malyuk prezident Vladimir Zelenskiyga Oliy Radaning sobiq raisi Andrey Parubiyning o‘ldirilishida gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Zelenskiy bu haqda shaxsan o‘zining Telegram-kanali orqali tunda xabar berdi. Davlat rahbariga ko‘ra, tegishli huquqiy va tergov harakatlari davom etmoqda. Uning ta’kidlashicha, mavjud barcha ma’lumotlar jamoatchilikka ochiq taqdim etiladi va bu dahshatli jinoyatning har bir jihati aniqlanishi shart.

Ukraina xavfsizlik xizmati esa o‘zining rasmiy bayonotida gumonlanuvchi shaxs SBU xodimlari, Milliy politsiya va Bosh prokuratura ishtirokida Xmelnitskiy viloyati hududida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

«Jinoyat ochildi, qo‘lga olish jarayoni to‘liq amalga oshirildi va u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning shaxsiy nazoratida bo‘ldi», — deyiladi SBUning bayonotida.

Shu tariqa, Ukraina jamoatchiligi katta shov-shuvga sabab bo‘lgan siyosiy qotillik ishida ilk jiddiy natijalarni ko‘rishga erishdi. Tergov jarayonlari esa jamoatchilik tomonidan qiziqish bilan kuzatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada Andrey Parubiy qotilligida gumonlanuvchi qo‘lga olindi