Xorijdagi iste’molchilarning Amerika brendlariga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada kamaygani aniqlandi. Bu haqda McDonald’s kompaniyasi bosh direktori Kris Kempchinski CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Kempchinski ta’kidlashicha, bunga asosiy sabab dunyo bo‘ylab odamlar orasida Qo‘shma Shtatlar obro‘sining pasayishi bilan bog‘liq. Uning so‘zlariga ko‘ra, iste’molchilar Amerikaga va uning brendlariga bo‘lgan qarashlarini qayta ko‘rib chiqmoqda.
"Biz to‘rtta global iste’molchi so‘rovini o‘tkazdik. Unda bizning maqsadimiz shunday savollarga javob olish edi: «Amerika mamlakat sifatida sizni qanday his qilishingiz? Amerika brendlariga qanday munosabatdasiz? McDonald’sga qanday qarashingiz bor?». So‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, Amerika va uning atrofidagi aura biroz xiralashgan va pasaygan holatda ekan”, dedi u.
Shu bilan birga, Kempchinski ta’kidladi, ushbu iste’molchilar idrokining o‘zgarishi McDonald’s kompaniyasi faoliyati va mijozlarga xizmat ko‘rsatishiga ta’sir qilmagan. Ya’ni, brendning xalqaro miqyosdagi e’tibori va mashhurligi barqarorligini saqlab kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!