Xitoy yana bir innovatsion energetika loyihasi bilan dunyo jamoatchiligi e’tiboriga tushdi. Mamlakatning Gansu provinsiyasida dunyodagi birinchi ko‘zguli quyosh elektr stansiyasi rasman ishga tushirildi.
Mazkur stansiyada 30 mingga yaqin katta ko‘zgular quyosh nurlarini 200 metr balandlikdagi maxsus minoraga yo‘naltiradi. U yerda yuqori haroratdagi nurlar yordamida tuz eritmasi qizdiriladi. Qizdirilgan tuz eritmasi orqali bug‘ hosil qilinadi va bu turbinalarni aylantirishga xizmat qiladi.
Loyihaning quvvati haqiqatan ham katta. Stansiya yiliga taxminan 1,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish qudratiga ega. Bu ko‘rsatkich qariyb 170 ming xonadonning elektr ehtiyojini qoplashga to‘liq yetadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar