date

Amerika brendlariga qiziqish pasayishiga AQSH obro‘si sabab

Amerika brendlariga qiziqish pasayishiga AQSH obro‘si sabab

Jahon iste’molchilarining Amerika brendlariga nisbatan qiziqishi kamayib bormoqda. Bu haqda McDonald's kompaniyasi bosh ijrochi direktori Kris Kempchinski CNBC telekanaliga bergan suhbatida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu holatning asosiy sababi dunyo miqyosida Qo‘shma Shtatlar haqidagi ijobiy tasavvurning yo‘qolib borishi bilan bog‘liq.

“Biz to‘rt marta global so‘rovnoma o‘tkazdik. Unda: 'Amerikani davlat sifatida qanday baholaysiz? Amerika brendlariga munosabatingiz qanday? McDonald's haqida fikringiz qanday?' deb so‘radik. Natijada, Amerika atrofidagi ijobiy muhitning biroz pasayganini ko‘rdik”, — dedi u.

Shu bilan birga, Kempchinski tadqiqot McDonald's brendiga bo‘lgan munosabatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaganini qo‘shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika brendlariga qiziqish pasayishiga AQSH obro‘si sabab