Rossiya aholisi 7 sentyabr kuni to‘liq oy tutulishining guvohi bo‘ladi. Bu haqda “TASS” nashri Moskva planetariya uslubiy ta’minot bo‘limi rahbari Lyudmila Koshmanning ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Astronomlarning ta’kidlashicha, tabiiy manzara Moskva vaqti bilan 18:28 dan 23:55 gacha namoyon bo‘ladi. Oy to‘liq Yer soyasiga tushadigan bosqich qariyb bir yarim soat (20:31 dan 21:53 gacha) davom etadi. Tutilishning eng yuqori nuqtasi esa 21:12 da kuzatiladi.
Koshmanning so‘zlariga ko‘ra, ushbu joylanish Rossiyaning bulutsiz har qanday hududidan yaqqol ko‘rinishi mumkin. Fizika-matematika fanlari doktori Sergey Bogachev esa “Ogoh bo‘ling, Moskva” Telegram-kanalida tabiiy hodisani oddiy ko‘z bilan ham bemalol kuzatish mumkinligini qo‘shimcha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!