date

Italiya Ukrainaga qo‘shin jo‘natish niyatida emas

Italiya Ukrainaga qo‘shin jo‘natish niyatida emas

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni “xohlovchilar koalitsiyasi” yig‘ilishidan so‘ng o‘z pozitsiyasini ochiq bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rim Ukraina hududiga harbiy kuch yo‘llamaydi.

Shu bilan birga, Meloni Italiya tinchlik jarayoniga hali ham o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini ta’kidladi.

“Biz Ukrainadan tashqarida amalga oshiriladigan monitoring va o‘qitish tashabbuslari orqali otishmalarni to‘xtatish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, — dedi u.

Shu tariqa, Italiya Ukrainada qo‘shin bilan emas, balki diplomatik va texnik yordam bilan ishtirok etishini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya Ukrainaga qo‘shin jo‘natish niyatida emas