AQSh prezidenti Donald Tramp Mudofaa vazirligini “Urush vazirligi” deb atash bo‘yicha farmon imzolashini aytdi. Bu nom vaqtincha ikkinchi nom sifatida ishlatiladi, Mudofaa vaziri esa “Urush vaziri” deb ataladi.
Pentagon 1789-yilda tashkil etilgan Urush vazirligining davomchisi hisoblanadi. 1947-yildan boshlab u Mudofaa vazirligi deb yuritilmoqda. Trampning fikricha, yangi nom Amerika manfaatlarini himoya qilishga tayyorlikni ko‘rsatadi.
Farmonga binoan, vazirlik va unga qarashli idoralar yangi nomdan foydalanishi mumkin. Lekin nomni rasmiy tarzda o‘zgartirish uchun Kongress qarori talab etiladi.
Tramp va Mudofaa vaziri Pit Hegset bu o‘zgarish orqali vazirlikni “jangovar ruh”ga qaytarishni xohlamoqda. Qaror Xitoy katta harbiy parad o‘tkazib, yangi qurollarini ko‘rsatgan paytda e’lon qilingani bilan ham e’tibor qozondi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!