Rossiyada kambag‘allik darajasi so‘nggi o‘n yil ichida ancha pasaydi, deb ta’kidladi Vladimir Putin SHHT yalpi majlisida so‘zlagan nutqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda kambag‘allik ko‘rsatkichi 11,3 foizdan 7,2 foizgacha tushgan. Prezident buni ijtimoiy siyosat va iqtisodiy o‘sish natijasi deb baholadi.
Putinning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati aholining farovonligini oshirish, hududlar rivojini ta’minlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda. U qayd etgan muhim bayonotlardan biri shundaki, forumda 70 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etgan.
Yig‘ilishda muhokama etilgan asosiy mavzulardan biri — agrosanoat sohasida dronlardan keng foydalanish uchun qonuniy va texnik sharoit yaratishdir. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi yerlarini samarali boshqarish, o‘rmon yong‘inlarining oldini olishda dronlar katta yordam beradi.
Shuningdek, Rossiya Arktika hududlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Putin ma’lum qilishicha, "Transarktika yo‘lagi" loyihasi amalga oshiriladi, bu esa ichki suv yo‘llaridan keng foydalanish imkonini beradi. Loyiha mamlakatning logistika salohiyatini yaxshilash va yangi iqtisodiy yo‘nalishlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Forum doirasida yana bir e’tiborli bayonot Rossiya va KXDR o‘rtasida havo qatnovining qayta tiklanishi bo‘ldi. Bundan tashqari, Tumannaya daryosi ustidan qurilayotgan yangi ko‘prik 2026 yilda ishga tushishi kutilmoqda.
Rossiyada kambag‘allik keskin qisqardi, yangi bayonotlar e’lon qilindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar