Konnektikut shtatida yashovchi maktab avtobusi haydovchisi kutilmaganda katta omadga erishdi. U Powerball lotereyasida 150 ming dollar yutdi. Bu esa uning mushugi tufayli sodir bo‘ldi, deb yozadi People.
Rassel Raff lotereya chiptasini hazil tariqasida sotib olib, keyin uyida yo‘qotib qo‘ygan edi. "Chiptam karavot boshiga dumalab ketdi, biz esa e’tibor bermadik. Hatto raqamlarni tekshirishga ham urinmadik", — deydi u.
Vaziyat kutilmagan tarzda o‘zgardi: Raffning mushugi karavot orqasida qamalib qoldi. Erkak o‘g‘illari bilan mebelni surishga majbur bo‘ldi va shu orqali uzoq qidirilgan chiptani topib oldi.
Rassel chiptani bir necha bor sinchiklab tekshirganida, beshta raqamdan to‘rttasi to‘g‘ri chiqqanini ko‘rib, g‘olib bo‘lganini anglab etdi. Power Play opsiyasi tufayli uning yutug‘i 150 ming dollargacha oshdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!