Janubiy Koreya hukumati AQShning Gruziya shtatida joylashgan Hyundai zavodida yuzlab fuqarolari hibsga olingach, favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Hukumat voqea joyiga diplomatlarini yuborib, vaziyatni yaqindan kuzatmoqda.
AQSh immigratsiya xizmati 475 kishini, asosan koreyaliklarni, ruxsatsiz ishlagani uchun hibsga oldi. Oq uy bu operatsiyani oqlab, u noqonuniy mehnatga qarshi kurash maqsadida amalga oshirilganini bildirdi.
LG Energy Solution kompaniyasi hibsga olingan xodimlarini ozod qilish uchun choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Hyun fuqarolarning hibsga olinishi uchun mas’uliyat sezayotganini aytdi. Hukumat maxsus shtab tuzib, zarur bo‘lsa vazirning Vashingtonga safar qilishi mumkinligini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!